Azimut Sochi va Buxoroni to'g'ridan-to'g'ri reyslar bilan bog'ladi

Sochi — Buxoro — Sochi yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslar “Sukhoi Superjet 95” samolyotida haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

30-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:40 da Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasining Sochidan uchgan samolyoti “Buxoro” xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi

Ma’lumot o’rnida qayd etish joizki, “Azimut” aviakompaniyasi Mineralniye Vodidan Toshkent, Samarqand, Qarshi, Navoiy, Urganch, Buxoro xalqaro aeroportlariga, Fargʻona va Namanganga esa charter reyslarini amalga oshiradi. Bundan tashqari, Rossiya aviatashuvchisi Toshkent va Samarqandni Moskvaga muntazam qatnovlar bilan bog‘lagan.

P.S. “Azimut” — Rostov-na-Donu va Krasnodarda joylashgan Rossiya aviakompaniyasi hisoblanadi.