Aziz Abduhakimov boks boʻyicha terma jamoamiz aʼzolari bilan uchrashuv o'tkazdi

Oʻzbekiston olimpiya delegatsiyasi rahbari - Bosh vazir oʻrinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov Tokioga tashrifi doirasida boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston turizm va sport vaziri sportchilarimizning yashash sharoitlari, oziq-ovqati va mashgʻulotlar jarayoni bilan tanishdi.

Sportchilarning jismoniy tayyorgarligi va jangovar ruhini koʻtarish maqsadida A.Abduhakimov bokschilar bilan suhbatlashdi, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning qoʻllab-quvvatlash borasidagi samimiy tilaklarini yetkazdi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari va xalqimiz eng katta umidini aynan bokschilarimizga bogʻlayotganliklari alohida taʼkidlandi.