Aziz Abduhakimov Xorazm viloyati madaniy ob'ektlarini o'rgandi va tegishli ko'rsatmalar berdi

Tashrif davomida Aziz Abduhakimov viloyatga keluvchi kishilar uchun barcha zarur qulayliklar yaratishga oid zarur tavsiyalar berdi.
Urganchga tashrif davomida Aziz Abduhakimov Urganch olimpiya zaxiralari kollejida bo‘lib, bu yerda o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, sport mashg‘ulotlari borishi bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng masʼullar Xiva shahridagi “Farovon” mehmonxonasidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Keyingi manzil "Maʼmun akademiyasi" muzeyi bo‘ldi. Bosh vazir o‘rinbosari muzeyda yorug‘lik ishlarini yaxshilash, milliy koloritni ko‘paytirishga doir tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
Shuningdek Abduhakimov “Ichan qalʼa”da olib borilayotgan taʼmirlash ishlarini o‘rganib, mavjud kamchiliklarni qayd etgan holda ularni bartaraf etishga doir yechim va ko‘rsatma berdi.
“Xorazmni nafaqat turistlar, balki mahalliy aholi yashashi va dam olishi uchun qulay qilishimiz kerak. Bu ishga barcha birdek masʼuliyat bilan yondoshsa, o‘z ishini vijdonan bajarsa, kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etsagina ijobiy natijaga erishamiz. Yangi turistik maskanlarning qurilishi esa bu yerdagi mahalliy aholini ish bilan taʼminlashda juda muhim”, - dedi Bosh vazir o‘rinbosari.






