Aziz Abduhakimov yosh kinoijodkorlar bilan suhbat o'tkazdi

Aziz Abduhakimov yosh kinoijodkorlar bilan uchrashdi va ular bilan suhbatlashdi.

Agentlik rahbariyati va yosh kinoijodkorlar ishtirokidagi uchrashuvda Bosh vazir o‘rinbosari sohada yoshlarga berilayotgan e’tibor, ularning yutuq va kamchiliklari haqida yosh kinoijodkorlar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, uchrashuv davomida 30 iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan suratga olinayotgan videoroliklar bo‘yicha ham o‘zaro fikr almashildi.

Bundan tashqari, yoshlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qisqa metrajli filmlarni moliyalashtirishda hukumat ko‘magi bilan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.