Bright Uzbekistan loyihasining Turkiy dunyo bo’ylab keyngi qadamlari

Joriy yilning 4-iyul kuni mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan "Birinchi Turkiy Agroforum" doirasida Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo mamlakatlarning Qishloq xo'jaligi vazirlari hamda tadbirkorlari o’rtasida o’tkazilgan B2B formatdagi uchrashuvlarda Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi Davron Abdullaev uchrashuv ishtirokchilariga Bright Uzbekistan jurnalining ilk sonini taqdim etdi.

Xabaringiz bor, kuni kecha poytaxtimizda TDTga a’zo mamlakatlar Qishloq xo’jaligi vazirlari ishtirokida “Birinchi Turkiy Agroforumi” va "Qishloq xo'jaligi vazirlarining birinchi yig'ilishi" bo’lib o’tdi. Yig’ilish yakunlangach, B2B uchrashuvlar tashkil etilgani haqida ham ma’lum qilgan edik. Aynan shu uchrashuvlar doirasida loyihamiz asoschisi Davron Abdullaev Bright Uzbekistan jurnalining ilk sonini tadbir qatnashchilariga taqdim etib, kelgusi rejalar haqida qisqacha ma’lumot berdilar.

Biznes vakillari va tadbir qatnashchilari tomonidan iliq qarshi olingan jurnal, barchaning qiziqishi va samimiy fikrlariga sabab bo’ldi. Har bir ishtirokchi, jurnal faoliyatiga muvaffaqiyatlar va ezgu tilaklar bildirdi.