BAA Janubiy Koreyaga 30 mlrd dollar sarmoya kiritish rejasini e’lon qildi

Birlashgan Arab Amirliklari mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Janubiy Koreyaga 30 milliard dollar sarmoya kiritish rejasini e’lon qildi.
Manbaalarga ko’ra, BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon janubiy koreyalik hamkasbi Yun Sok Yo‘l bilan uchrashuvda tegishli rejalar haqida ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, tomonlar 13 ta oʻzaro anglashuv memorandumlarini, jumladan, energetika sohasida strategik sheriklikni mustahkamlash deklaratsiyasini, harbiy-sanoat sohasidagi hamkorlik boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumini, shuningdek, neft sohasida qoʻshma loyihani imzolaganlar.






