BAA prezidenti Xalifa bin Zoid al-Naxayon vafot etdi

Bugun, 13 may kuni Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) prezidenti Xalifa bin Zoid al-Naxayon 73 yoshida vafot etdi.

Ma’lumot uchun, Xalifa bin Zoid al-Naxayon Amirlikning ikkinchi Prezilenti hisoblanadi. U 2004-yildan buyon ushbu lavozimni egallab kelayotgandi.

Xalifa bin Zoid al-Naxayon 2004-yil 3-noyabrda otasi vafotidan so‘ng Birlashgan Arab Amirliklarining ikkinchi Prezidenti bo‘ldi.