BAA: Ukrainadagi vaziyat sabab oltin narxi qariyb 3 dirhamga ko’tarildi

Oltin narxi dushanba kuni ertalabdan ko’tarilishni boshladi. BAA vaqti bilan soat 9.10 da oltin bahosi 1,17 foizga oshib, har bir untsiya uchun 1911,22 dollarni tashkil qildi.
“Dubai Gold and Jewellery Group” ma'lumotlariga ko’ra, bir gramm 24 K oltin 231,5 Dhni ko'rsatmoqda, bu ko’rsatkich juma kuni Dh228,75ni tashkil etgan edi.
Qimmatbaho metalning boshqa variantlari qatorida 22K bir gramm oltin Dh217,5, 21K - Dh207,5 va 18K - 177,75 Dh da sotildi.






