BAAda sun’iy yomg‘ir chaqiradigan texnologiya sinab ko‘rildi

BAA turli tumanlarida harorat 50 daraja bo‘lishiga qaramay kuchli jala quydi. Mamlakatda sun’iy yog‘ingarchilik chaqiradigan yangi texnologiya sinab ko‘rilmoqda.

BAA hukumati so‘nggi yillarda yomg‘ir chaqirish texnoglogiyasini yaratish ustida faol ish olib bormoqda. Shu maqsadda Amirlikda bulutlarda kimyoviy qo‘shilmalar ishlatmasdan elektr razryad yordamida yomg‘ir chaqiruvchi dronlar sinab ko‘rildi.

Aytish kerakki, ushbu texnologiya Qatarga ham ta'sir qiladi. Xususan, qo'shni mamlakatda ham yomg'ir yog'ishi kutilmoqda. Odatda Qatarda yoz paytlari umuman yomg‘ir yog‘maydi.