BAAda yelim idishlardan foydalanish taqiqlanadi

Аbu-Dabi atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi joriy yilning 1-iyunidan boshlab mamlakatning barcha hududlarida yelim idishlardan foydalanishni taqiqlaydi.

Mazkur chora Birlashgan Аrab Аmirligi hukumatining 2020-yilda atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishiga qarshi kurashish maqsadida boshlagan kompleks siyosatning bir qismi hisoblanadi.

BАА axborot agentligining maʼlum qilishicha, yelim idishlarga taqiq qoʼyilishi inson sogʼligʼiga yetkazilayotgan zararni yanada pasaytirish va chiqindilar miqdorini kamaytirishdan iborat. Taʼkidlanishicha, iyun oyiga kelib Аbu-Dabi hukumati amirlik aholisini yangi tartiblardan xabardor qilish uchun keng qamrovli targʼibot ishlarini boshlaydi.

Аbu-Dabi hukumati pul mukofotlari evaziga plastik butilkalarni qabul qilish kampaniyasini boshlash imkoniyatini o'rganmoqda. Shuningdek, 2024-yilga kelib amirlik aholisi bir martalik stakan, likopchalar va oziq-ovqat idishlaridan foydalanishdan butunlay voz kechadi.