BAAga tashrif buyuruvchilar uchun yangi talab joriy etildi

“Uzbekistan Airways”ning ma’lum qilishicha, Birlashgan Arab Amirliklari immigratsiya xizmatining talablariga ko‘ra, joriy yilning 11-noyabridan boshlab BAAga kirish uchun turistik yoki mehmon vizasi bo‘lgan yo‘lovchilar borish va qaytish aviachiptalariga ega bo‘lishlari kerak.
Shu bilan birga, Dubayga kirish uchun sayohatchilardan COVID-19ga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat yoki PZR-testlarni taqdim etish talab etilmaydi.
Lekin Sharjaga kirish uchun karantin talablariga o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.






