Baffet 100 milliard dollardan ortiq boyligi bilan milliarderlar beshtaligiga kirdi

Milliarder Uorren Baffetning boyligi 100 milliard dollardan oshdi - hozirda Forbes reytingida ushbu ko'rsatkichga erishgan besh kishi bor. Baffet investitsiya kompaniyasining aksiyalari bu yil 15 foizga qimmatlashdi, bunga o'z qimmatli qog'ozlarini sotib olishi ta’sir ko’rsatdi.

Forbes Real-Time reytingining real vaqtda yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, Berkshire Hathaway investitsiya kompaniyasining rahbari Uorren Baffetning boyligi chorshanba kungi savdolar yakuniga ko'ra 100,3 milliard dollarga yetdi.

Shunday qilib, Baffet boyligi 100 milliard dollardan oshadigan besh milliarderlardan biriga aylandi. Undan tashqari, bunday boylik egalari Amazon rahbari Jeff Bezos (179,6 milliard dollar), Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask (165,1 milliard dollar), Dior va Louis Vuitton egasi Bernar Arno (158,5 milliard dollar) va Microsoft asoschisi Bill Geyts (125,6 milliard dollar) hisoblanadi.