Bag'dod Amreyev Rashid Meredov bilan uchrashuv o'tkazdi

29-iyun kuni Ashxobodda Turkiy Kengash Bosh kotibi Bag'dod Amreyev Vazirlar Mahkamasi Raisining o'rinbosari, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.
Bag'dod Amreyev Rashid Meredovga samimiy taklif uchun minnatdorchilik bildirdi va 2021-yil noyabr oyida Turkiyada bo'lib o'tadigan sakkizinchi sammitni tashkil etishning tayyorgarlik ishlari va uchrashuv davomida qabul qilinadigan qarorlar haqida so'zlab berdi. Shuningdek, Turkiy Kengash Bosh kotibi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ushbu tadbirda uchrashish istagini bildirdi.
Rashid Meredov, o'z navbatida, Turkmaniston Turkiy kengash doirasidagi sheriklikni rivojlantirishni, ayniqsa barqarorlik va xavfsizlikni, shu jumladan mintaqada va undan tashqarida energiya va ekologik xavfsizlikni saqlash tarafdori ekanligini ta'kidladi.
Tomonlar, shuningdek, Turkmanistonning Turkiy Kengashga alohida maqom bilan qo'shilish istiqbollarini muhokama qildilar.






