Bag'dod Amreyev Turkiya Respublikasining eng yuqori mukofotiga sazovor bo'ldi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog'lu Turkiy investitsiya jamg'armasining yangi tayinlangan Prezidenti, Turkiy Davlatlar Tashkilotining sobiq bosh kotibi Bag'dod Amreyevni Turkiya Respublikasining "Üstün Hizmet Ödülü"(Turkiy dunyoda qilingan xizmatlar uchun beriladigan) diplomatik xizmati uchun eng yuqori mukofoti bilan taqdirladi.

Taqdirlash marosimida Turkiy Davlatlar Tashkilotining yangi tayinlangan bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Ozarbayjon elchisi Rashad Mamedov, Qozog'iston elchisi Erkebulan Sapiyev, Turkmaniston elchisi Mekan Ishanguliyev, TDT Bosh kotibining o'rinbosarlari Gismat Gozalov va Mirvohid Azimov, TDTga a'zo davlatlar va kuzatuvchilarning bosh konsullari, Turkiya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdilar.

Vazir Chavusho'g'lu o'zining nutq so'zida Bag'dod Amreyev boshchiligidagi Turkiy davlatlar tashkilotining 2018 -yildan 2022- yilgacha bo'lgan davrda erishgan ulkan yutuqlarini, shu jumladan TDT a'zolari va kuzatuvchilari sonining ko'payganini, hamkorlikning yangi yo'nalishlarini rivojlantirayotgan va «Turkiy dunyo nigohi -2040» strategik hujjatini hamda 2022-2026 yillar uchun TDT strategiyasini qabul qilgan nufuzli xalqaro tashkilot sifatida maqomi yanada yuksalganini qayd etdi.

Shu munosabat bilan Turkiya vaziri Bag'dod Amreyevni turkiy davlatlar rahbarlarining 2022-yil 11-noyabrdagi Samarqand sammiti davomida qabul qilingan qaroriga muvofiq Turkiy investitsiya fondi Prezidenti etib tayinlangani bilan tabrikladi.

Bag'dod Amreyev turkiy tinchlikka xizmat qilish sharafiga muyassar bo'lganini ta'kidlab, turkiy davlatlar davlat rahbarlari va tashqi ishlar vazirlariga ushbu tashkilotning Bosh kotibi lavozimida ishlagan davrida TDT faoliyatini tan olganliklari uchun minnatdorlik bildirdi.

U Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anga mezbon mamlakat rahbari sifatida, shuningdek, vazir Chavushog'luga tashkilot faoliyatini doimiy qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.