Bahodir Jalolov Olimpiadaning yarim finaliga chiqdi

Og'ir vazn toifasida o'zbekistonlik bokschi Tokio Olimpiadasida medalni qo'lga kiritdi.
Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakili Bahodir Jalolov chorak finalda raqibi hindistonlik Satish Kumarni mag'lub etib, Tokiodagi Olimpiada o'yinlarining yarim finaliga yo'l oldi.
4 avgust chorshanba kuni bo'lib o'tadigan yarim finalda Jalolov britaniyalik Freyzer Klarkga qarshi ringga ko'tariladi.






