Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi

Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni, O‘zbekiston terma jamoasining sardori Bahodir Jalolov joriy yilning 18-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida polshalik Kamil Sokolovskiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Bokschimiz Professional boksdagi faoliyati mobaynida 9 ta jang o‘tkazib ularning barchasida g‘alabaga qozongan.
P.S: Bahodir Jalolov ayni kunlarda murabbiyi To‘lqin Qilichev bilan birgalikda Toshkent viloyatidagi “Yangiobod” o‘quv-mashg‘ulot bazasida terma jamoa a’zolari ishtirokida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.
Ma’lumot o’rnida, polshalik sportchi Sokolovski professional boksda 38 ta jang o‘tkazib, 11 tasida g‘alaba qozongan va 25 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Shuningdek, ikki marotaba katta ringni durang natija bilan tark etgan.






