Bahorgi tijoratlashtirish Forumi

Joriy yilning 11-12 mart kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda xoʼjalik boshqaruvi organlari, tarmoq korxonalari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat xokimliklarini oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarning “Bahorgi tijoratlashtirish Forumi” tashkil etilmoqda.

Oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar tomonidan tarmoqlarga joriy etishga tayyor boʼlgan ilmiy ishlanmalar hamda tarmoqlarda mavjud muammo va ehtiyojlarni ilmiy tashkilotlarga buyurtma berish maqsadida 5,5 mlrd. soʼmlik 13 ta shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan.

Hududlardagi mavjud muammolar yechimiga qaratilgan tayyor ilmiy ishlanmalar va yangi buyurtmalar boʼyicha ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikdagi amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ishlab chiqilgan 22,7 mlrd. soʼmlik 13 ta rejalar boʼyicha shartnomalar imzolash rejalashtirilgan.