Bahrom Sharipov kavrakchilik sohasidagi barcha tadbirkorlarni videokonferensiyaga taklif qildi

O'zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo'mitasi raisi Bahrom Sharipov kavrakchilik bilan shug'ullanadigan barcha tadbirkorlarni videokonferensiyaga taklif qildi.
-Barchangizda xabarlaringiz bor, muhtaram prezidentimizning qarorlariga asosan Respublikada qorakoʻlchilik qoʻmitasi tasarrufidagi yaylov maydonlarida kavrakchilik bilan shugʻullanish qoʻmita ixtiyoriga berildi. Shu munosabat bilan men kelasi hafta kavrakchilik sohasini sanoatlashtirish bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish uchun katta videokonferensiya tashkil qilmoqchiman. Va men kavrakchilik sohasidagi barcha tadbirkorlarni taklif qilyapman.
Qo'mita raisi, shuningdek, kavrakchilik bugungi kunda yurtimizda oqsab qolganligini qayd etdi. Xususan, dunyo boʻyicha bir yilda kavrak yoʻnalishida aylanma mablag' 17 milliard dollarni tashkil qilganda, O'zbekistonda bugun bor yog'i 6 million dollarlik kavrak eksport qilinyapti.
Videokonferensiya kelasi haftaga rejalashtirilgan.






