Balcom Сo Ltd delegatsiyasining TTPUga tashrifi

Bugun, 26-sentabr kuni Turin Politexnika universitetiga Balcom Сo Ltd (Yaponiya) delegatsiyasi malakali mutaxassislar tayyorlash borasida kelgusidagi hamkorlik masalalari hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qoshida o‘quv markazi tashkil etish ishlarini muhokama qilish maqsadida mazkur universitetga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Balcom Co Ltd (Yaponiya) delegatsiyasi a’zolari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rahbariyati va talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv davomida ta’kidlanishicha, ushbu markazni tashkil etishdan maqsad Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari bilan tajriba almashish, oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini tayyorlash va jahon mehnat bozorida raqobatbardosh hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun texnik ko‘nikmalarga o‘rgatishdan iborat.

Kelgusida malaka oshirish maqsadida markazda o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Yaponiyaning xalqaro kompaniyalarida faoliyat olib borish imkonini taqdim etish ham asosiy rejalardan biri ekani qayd etildi