Bankomatlar plastikdan pul yechib, uni naqd banknota sifatida bermayotgani kuzatilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlardagi tasdiqlangan manbaalarda O’zbekistondagi bankomatlar ishlamayotgani, plastik kartadan pul yechayotgani, ammo naqd pulni bermayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ma’lum qilinishicha, bu bo'yicha faqat “Qishloq qurilish bank” xabar berib, foydalanuvchilarni ogohlantirgan.
Qayd etilishicha, chindan ham O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal sovuq tufayli tashqi bankomatlarning texnik holatida nosozliklar kelib chiqib, pul chiqarmay qolish holatlari kuzatilmoqda.
Shuningdek, bank sovuq kunlarda plastik kartochkalardagi pullarni naqdlashtirishda imkon qadar yopiq inshootlardagi bankomatlardan foydalanishni tavsiya etmoqda.






