Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun gender masalalariga bog‘liq mintaqaviy yondashuv

2021 yilning 28 oktabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti doirasida “Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish va ayollar yetakchiligi” mavzusida mintaqaviy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir BMT Taraqqiyot dasturi, «BMT-Ayollar» tashkiloti va BMT Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti raisi Tanzila Narbayeva va Muloqotning boshqa a’zolari, BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori Miryana Spolyarich Egger, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German, «BMT-Ayollar» tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Alia El-Yassir, BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi vazifasini bajaruvchi Yu Yu, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, BMTning Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi yuqori martabali vakillari, Xalqaro qizil xoch qo‘mitasi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari hamda xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi ayol elchilariishtirok etdilar.

Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari o‘rtasida gender tenglikni ta’minlash, ayniqsa qonun chiqaruvchi organlarda tajriba almashish, shuningdek, BRMni ilgari surish va normativ, parlament nazorati va gender tengligi sohasidagi ilg‘or tajribani o‘rganish bo‘yicha jamoaviy sa’y-harakatlarni amalga oshirishdagi hamkorlikning va O‘zbekistonda BRMning amalga oshirilishi Harakatlar strategiyasi doirasidagi islohotlar bilan chambarchas bog‘liqligi ahamiyati qayd etildi. BRM O‘zbekistonni 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasiga integratsiya qilinmoqda.

«BMT-Ayollar» tashkiloti ekspertlari 40 yoshgacha bo‘lgan Markaziy Osiyodagi ayol parlamentariylar uchun samarali muloqot bo‘yicha treninglar o‘tkazdilar.
Tadbir yakunlari bo‘yicha kelib tushgan taklif va tavsiyalar asosida Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish, gender tenglik va ayollar yetakchiligi bo‘yicha Mintaqaviy harakatlar rejasi ishlab chiqiladi.