Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar

• “InnoWeek.uz” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligining bu yilgi shiori “Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar” sifatida tanlanishi bejizga emas, - deya ta'kidladi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov.
Bugungi kunga kelib antropogen omil tufayli ekologiyaga insoniyat tomonidan yetkazilayotgan zarar miqdori kun sayin ortib bormoqda. Tabiiyki, bu jarayonlarning oldini olish va ularning ta’sirini kamaytirish jahon hamjamiyati oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri sanaladi.
Yuqoridagi masalalarga yechim sifatida bugun ko‘pchilik sanoat korxonalari va innovatsiyalar joriy etuvchi markazlar tomonidan yashil texnologiyalar ishlab chiqarilishi kun sayin ommalashmoqda.






