Baxtiyor Saidov C5+1 shaklidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida qatnashdi

Joriy yilning 28-fevral kuni, O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov, Ostona shahrida AQSh, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi C5+1 uchrashuvida qatnashdi.

Tadbirda, barqaror oʻsish, yashil energiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, mintaqaviy xavfsizlik va boshqa masalalar boʻyicha mazkur platforma doirasida o’zaro hamkorlik istiqbollarini kengaytirish masalalari kelishib olindi.