Baxtiyor Saidov Eron Prezidenti bilan uchrashdi

12-mart kuni O'zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Tehronda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy qabulida bo'ldi.
«Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdik. Ishonchimiz komilki, hamkasbim, Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Abdullahiyon Janobi Oliylari bilan birgalikda hamkorligimiz salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘ramiz.» - deya qayd etdi Saidov.
Shuningdek Tehron shahrida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Transport vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan biznes-forum bo'lib o'tdi.
Qayd etilishicha, forumda Eronning 20 ta kompaniyasi rahbarlari bilan farmatsevtika, tibbiy asbob-uskunalar va qurilish materiallari ishlab chiqarish, kimyo va to'qimachilik sanoatlari, qishloq xo'jaligi sohalarida qo'shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilngan.






