Baxtiyor Saidov Turkiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi va O'zbekiston nomidan hamdardlik bildirdi

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Turkiyaning Gaziantep shahrida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan uchrashdi va Prezidentimiz hamda xalqimiz nomidan hamdardlik bildirdi.

"Turkiya tashqi ishlar vaziri, qardoshim Mevlut Chavusho‘g‘lu bilan Turkiyaning Gaziantep shahrida uchrashdim. O‘zbekiston Prezidenti va xalqi nomidan Turkiyada sodir bo‘lgan dahshatli zilzila munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdim. Ushbu tabiiy ofat oqibatlari barchamizning qalblarimizni chuqur yaraladi. Bu og‘ir paytlarda biz Turkiya bilan birgamiz." - deb Baxtiyor Saidov o'z sahifalarida yozadi.