Baxtiyor Saidov YeXHT vakili bilan uchrashdi

Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi vakili, elchi Albert Yonsson bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot kotibi xabar bermoqda.

«Zamonaviy tariximizda xalqimiz farovonligini oshirishga qaratilgan hayotiy islohotlar arafasida DIIHBning O‘zbekistondagi Referendumni kuzatish bo‘yicha missiyasini olqishlaymiz.» - deb qayd etdi Saidov.

Eslatib o'tamiz, Albert Yonsson YeXHT DIIHBning O‘zbekistondagi referendumni kuzatish bo‘yicha missiyasiga rahbarlik qilmoqda.