Bayden 2024-yilda ham saylovlarda ishtirok etadi

Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyerning maʼlum qilishicha, Jozef Bayden 2024-yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etadi.
“Prezident bir necha marotaba 2024-yilda nomzodini ilgari surishini aytgan. Fikrimcha, u buni amalga oshiradi”, – degan matbuot kotibi.
Bundan tashqari, u Baydenning yoshi saylovda ishtirok etish uchun to‘siq bo‘lmasligini ta’kidlagan. AQSH yetakchisi hozirda 79 yoshda.






