Bayden ma'muriyati AQShda koronavirusga qarshi vaksinalar uchun patent muhofazasidan voz kechishni qo'llab-quvvatladi

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Jahon savdo tashkiloti (JST) koronavirusga qarshi vaksinalar uchun patent muhofazasidan vaqtincha voz kechish zarurligini e'lon qildi. Prezident Jo Bayden ma'muriyati COVID-19ga qarshi vaksinalar uchun intellektual mulk himoyasidan voz kechishni qo'llab-quvvatladi.

 

JST rahbarlari tashkilotga a'zo mamlakatlarni hafta oxiriga qadar vaksinalar uchun intellektual mulkni himoya qilish qoidalarini vaqtincha yumshatish to'g'risidagi bitim tafsilotlari bo’yicha xabardor qilishga chaqirishdi. Janubiy Afrika va Hindiston tomonidan taklif qilingan patent muhofazasidan voz kechish rivojlanayotgan mamlakatlarda vaksina ishlab chiqarishni ko'paytirish yo’lidagi to'siqlarni bartaraf etishi mumkin.

 

AQSh savdo vakili Ketrin Tai chorshanba kuni "COVID-19 pandemiyasi favqulodda vaziyatlari favqulodda choralar ko'rishni talab qiladi" dedi. "Ma'muriyat intellektual mulkni himoya qilishga qat'iy ishonadi, ammo bu pandemiyaga barham deydi. COVID-19ga qarshi vaksinalari uchun ushbu himoyaning olib tashlanishini qo'llab-quvvatlaydi", dedi u. Tai "Amerika xalqi uchun vaksinalar yetkazib berish ta'minlanganligini" ta'kidladi. Uning so’zlariga ko’ra Bayden ma'muriyati vaksinalarni ishlab chiqarish va tarqatishni kengaytirish bo'yicha "xususiy sektor va barcha potensial hamkorlar bilan" ishlashni davom ettiradi va "ushbu vaktsinalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan xom ashyoni ko'paytirish uchun" harakat qiladi.