Bayden va Putin o’rtasida Makron tomonidan taklif etilgan sammit o’tkaziladimi?

AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya Ukrainaga bostirib kirmasa, Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyor. Bu haqda Oq uy Matbuot kotibi Jen Psaki bergan bayonotda qayd etilgan.
“Prezident ko‘p marotaba aniq ta’kidlaganidek, biz bosqin boshlangunga qadar diplomatik hamkorlikka sodiqmiz. Agar Rossiya harbiy harakatlar chorasini ko‘rmasa, Davlat kotibi [Entoni] Blinken va Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov shu hafta oxirida Yevropada uchrashadi. Prezident Bayden, agar bosqin bo‘lmasa, bu aloqalardan so‘ng Prezident Putin bilan uchrashishga prinsipial rozi bo‘ldi. Biz diplomatiyaga doim tayyormiz”, deyiladi hujjatda.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Rossiya va AQSH Prezidentlari Vladimir Putin hamda Jo Baydenga ikki tomonlama sammit o‘tkazishni taklif qilgan. Tomonlar esa bu taklifni qabul qilgan.






