Bayram kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun hamda bayram kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Respublikaning barcha viloyatlarida haroratning ko‘tarilishi davom etadi.

Keyingi haftaning boshiga kelib, havo harorati kechalari 9-14 darajagacha, kunduz kunlari 25-30 darajagacha, respublikaning cho‘l hududlari va janubning ba’zi joylarida 32-35 darajagacha ko‘tariladi.

Shamol asosan birozdan o‘rtacha tezlikgacha sharqiy yo‘nalishda esadi, faqat shimolda va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ham iliq va quruq ob-havo bo‘ladi. Tog‘larda harorat kechalari 4-9 daraja iliqgcha, kunduz kunlari 15-20 darajagacha ko‘tariladi.

“Shunday qilib, tabiatda dam olishni yaxshi ko‘radiganlar qulay ob-havodan bahramand bo‘lishlari mumkin”, deydi Oʻzgidromet.