Bayram munosabati bilan pensiya puli 1-sentabrga qadar to'lab beriladi

Ma’lum qilinishicha, Mustaqillik bayrami munosabati bilan O'zbekistonda pensionerlarga nafaqa puli 1-sentabrga qadar moliyalashtirilib beriladi.

Bunda, to‘lovlarni plastik kartada oluvchi fuqarolarga pensiya mablag'lari 1-sentabrgacha to'lanadi. Naqd shaklda oluvchi fuqarolarga esa, 5-sentabrdan boshlab tasdiqlangan grafiklar asosida to‘lovlar amalga oshiriladi.