Bayram oldidan yangi va tayyor qishloq xo'jaligi mahsulotlari yarmarkalari ish boshladi

Mustaqillik bayramimiz oldidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida poytaxtimiz va Respublikamizning barcha viloyatlarida yangi va tayyor qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qiluvchi «Arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi» faoliyati yo'lga qo'yildi.

Hozirgi vaqtda aholi yangi va qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozor va do‘konlardagidan past narxlarda, masalan, 1 kg sabzini 3500-4000 so‘mga sotib olishlari mumkin.
Yarmarkalar har kuni bozorlarning ish vaqti cheragasida: soat 08:00 dan 20:00 gacha ishlaydi.

Oziq-ovqat yarmarkasining formati fermerlar va dehqonlarga o‘z mahsulotlarini peshtaxtalarni ijaraga olmagan holda xaridorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkoniyatini beradi. Bu xarajatlarni kamaytirishga va xaridorlar uchun arzon narxlarda sifatli mahsulot yetkazib berish imkonini bermoqda. Shuningdek, to‘lovlarni plastik kartalar yordamida ham amalga oshirish mumkin.

Har bir hudud bozorlarida yarmarkalar o‘z xususiyatlariga ega. Sababi, ushbu yarmarkalar mamlakatimizning turli viloyatlaridagi dehqonlar tomonidan shakllantirilmoqda.