Belarus Prezidenti Аleksandr Lukashenko Samarqandga yetib keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus Prezidenti Аleksandr Lukashenko ShHTning Samarqand sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Qayd etish joizki, kun tartibidagi asosiy masalalardan biri hamkor davlatlar sonini kengaytirishdir. Tashkilotga aʼzo boʼlish uchun 6 ta yangi muloqot boʼyicha hamkorlar tasdiqlanishi kutilmoqda, ta’kidlanishicha ulardan 4 tasi arab davlatlari.
P.S. Sammit doirasida Belarusning ShHTga aʼzo boʼlish toʼgʼrisidagi arizasini maʼqullash rejalashtirilgan.






