Belarus Respublikasi Milliy Majlisi va Belarusiya va Rossiya Ittifoqi Parlament Assambleyasi vakillari bilan uchrashuv

23 oktabr kuni Markaziy saylov komisiyasi raisi o‘rinbosari Baxrom Kuchkarovning Belarus Respublikasi Milliy Majlisining Xalqaro ishlar va milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy qo‘mitasi raisi Rachkov Sergey Anatolevich va Belarusiya va Rossiya Ittifoqi Parlament Assambleyasi ijrochi kotibining o‘rinbosari Ivanes Vadim Viktorovich bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xaqida so‘z bordi. Ta’kidlanganidek, saylov kampaniyasi tadbirlari Saylov kodeksi talablari va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Mexmonlar Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarini ijobiy baholadi. Uchrashuv jonli muloqot va o‘zaro ko‘tarinki ruhda o‘tdi.