Belgiyada Omikron shtammining yangi varianti aniqlandi

Belgiyaning Lyuven katolik universiteti virusologlari koronavirusning "Omikron" shtammining yangi turi aniqlanganini maʼlum qildi. Unga "COVID-19 BA.4" nomi berildi.

Qayd etilishicha, ushbu variant avval ham bir qancha mamlakatlarda topilgan. Bryussellik olimlar esa hatto uni oʼrganishga ham muvaffaq boʼlishgan.

Mutaxassislarning fikricha, virus mutatsiyalari oddiy jarayon, shuning uchun yangi variantlarning paydo boʼlishi tabiiy holat. "Omikron"ning yangi variantlari aniqlanishi koronavirusning yangi shtammlarini paydo boʼlishi kabi qoʼrqinchli emas.