Belorus Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikning yangi istiqbollari

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov Belarus Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi L.Marinichni qabul qildi.

Muzokaralar chog'ida chorvachilik, qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohalarida kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish va tayyor mahsulot tannarxini kamaytirishga qaratilgan korxonalarni yaratish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirishga tayyorlik bildirildi.

Shuningdek, ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro aloqalar samaradorligini ko'rsatadigan statistik ma'lumotlar keltirildi, joriy yilning besh oyi yakunlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 17 foizga oshdi.