Belorussiya bilan hamkorlikda AKTni rivojlantirish

O'zbekiston va Belorussiya axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirlari “TIBO-2021” forumi davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha harakatlar rejasini imzoladilar.
O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov va Belorussiya Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish vaziri K.Shulgan ushbu kelishuv ikki mamlakat o'rtasida AKT sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta'kidladilar.
Shuningdek, vazirlik matbuot xizmati ta'kidlashicha, O'zbekiston va Belorussiya o'rtasidagi hamkorlik boy tarixga ega. Ayni paytda ikki mamlakat o'rtasida raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlik ko'plab hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar, shu jumladan telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi sohasi, IT-tadbirkorlik, ta'lim va elektron hukumat sohalarida amalga oshirilmoqda.