Belorussiyada isiriq importi taqiqlanadi

Belarusiya diplomatik missiyasi Belarus Respublikasi hududiga isiriq o'simligini olib kirish taqiqlangani haqida xabar beradi.
Giyohvand moddalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning Respublika ro'yxatiga ko'ra, isiriq tibbiyotda qo'llanilmaydigan xavfli psixotrop moddaga ega o'simlik xisoblanadi. Belarus Respublikasida bu va boshqa tarkibida o'xshash moddalarga ega bo’lgan o'simliklarni hududga import qilish taqiqlanadi. Cheklovga rioya qilmaslik, jinoyat kodeksining 328 moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlik amalga oshiriladi", - deya xabar berdi dipmissiyada.






