Benzin ishlab chiqarish hajmi 5,8 foizga oshgan

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida 196 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Аvtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,8 % ga oshgan.
2022-yilning yanvar-fevral oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
Аvtomobil benzini – 196 ming tonna
Koʼmir – 878,6 ming tonna
Neft – 118,3 ming tonna
Gaz kondentsati – 230 ming tonna
Yengil avtomobil – 39 922 dona
Аvtobus – 68 dona
Yuk avtomobillari – 425 dona
Аvtomobil dvigatellari – 32,8 ming dona






