Bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi qonun bilan belgilanadi

Prezident xalqimizning malakali va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaytirilishini taʼkidladi. Аvvalo, bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi qonun bilan belgilanadi. Аjratilayotgan mablagʼlar har bir bemorga yetib borishi uchun davlat tibbiy sugʼurtasiga oʼtish tezlashtiriladi.
Kelasi yili bu tizim Toshkent shahrida boshlanadi. Bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy qilinadi.
Sogʼlom ovqatlanish ratsioniga doir tavsiyalar odamlarga yetkazilmayotgani, turli yoshdagi kishilar uchun jismoniy mashqlarni oʼrgatish ishlari yoʼqligi taʼkidlandi.
Shu bois, “Toʼgʼri ovqatlanish va sogʼlom turmush tarzi” yangi umummilliy harakati mahalladan boshlanadi.






