Beruniy metrosi yaqinidagi ko‘chada avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi

Qayd etilishicha, 7-noyabrdan 12-noyabrga qadar Olmazor tumanidagi Beruniy metrosi yaqinidagi O‘zbekiston davlat milliy universiteti hamda Toshkent davlat texnika universiteti hududiga kiruvchi asosiy yo‘lda 64 metr balandlikdagi O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatilishi munosabati bilan avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.
Piyodalar uchun esa harakatlanish cheklanmaydi.






