Beshta mamlakat uchun 10 kunlik vizasiz tizim joriy etildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga asosan 2021 yilning 1 martidan boshlab 5 ta mamlakat fuqarolari uchun Oʼzbekistonga kirishda 10 kunlik vizasiz tizim joriy etildi. 
Bunday huquqqa Bahrayn qirolligi, Qatar, Quvayt davlatlari, shuningdek, Ummon sultonligi fuqarolari ega boʼladilar. Shuningdek, Xitoy xalq respublikasi, jumladan Gonkong, Manako fuqarolari esa uchinchi davlatga joʼnab ketish jarayonida aviyachiptani taqdim etgan holda bu huquqdan foydalanishlari mumkin.