Big Ben - Buyuk Britaniyadagi turistlar uchun eng diqqatga sazovor bino

 
Minoraning asl nomi “Soat minora” boʻlib, “Big Ben” minora ichidagi ulkan qoʻngʻiroqqa nisbatan berilgan nomdir. Rasmiy ravishda esa u “Ulkan qoʻngʻiroq” nomi bilan tanilgan.
 
Big Ben — Londondagi Vestminster saroyining eng katta minorasi. 2012-yil sentabr oyidan boshlab qirolicha Elizabet IIning taxtdagi 60 yillik yubileyiga atab minora nomini Elizabet minorasiga oʻzgartirdi.
 
2008-yilgi maʼlumotlarga qaraganda, “Big ben” Birlashgan Qirollikning turistlar uchun eng mashxur attraksioni.
 
Soat minora baʼzi vaqtda “Stefen munorasi” deya notoʻgʻri nomlangan. Stefen minorasi Parlament uyining gʻarbiy tomonidan topilgan va u jamoat kirishi mumkin bo’lgan joy bo’gan.
 
Ma’lumotlarga ko’ra, Big ben 1859-yil 31-may kuni ilk bor bong taratgan.
 
Soatning ustki poydevorida lotin tilida “Domine Salvam Fac Reginam Nostrum Victoriam Primam” deb yozilgan. Bu esa “Qirolicha Victoria I ni asra” degan maʼnoni anglatadi.
 
“Big Ben” nomining asl manbalari ishonchsiz saqlangan. Baʼzilar ushbu minoraga mashxur siyosatchi Benjamin Holl nomi berilgan deyishsa, boshqalar esa minora qurilgan vaqtdagi turnir gʻolibi Benjamin Caunt nomi bilan atalgan deyishadi.
 
“Big ben” har 15 daqiqada jaranglaydi va uning jarangi 5 milgacha boʻlgan radiusga eshitiladi.