"Bilimli yoshlar - bizning rivojlangan kelajagimiz garovi!" - Tanzila Narbayeva O'zbekiston yoshlarini tabrikladi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva O'zbekistonning yosh avlodini Yoshlar kuni bilan tabrikladi:

— Mamlakatimizdagi har bir yigit va qizni bugungi bayram – Yoshlar kuni bilan tabriklayman! Intiluvchan, iste’dodli, g‘ayratli va iqtidorli yoshlarimiz - aynan sizlar orzu- umidlarimiz nishonasiz! Sizning g‘oyalaringiz, ko‘nikmalaringiz va dunyoni o‘zgartirish istagingiz – bizning asosiy tayanchimiz va yangi yutuqlarning eng katta zaxirasidir. Istiqbolli, bilimli yoshlar – bu bizning rivojlangan kelajagimiz garovidir.

Tanzila Narbayeva O'zbekiston yoshlariga yangi imkoniyatlar yaratishga va ularning ishlarida har tomonlama ko'mak berishga tayyorligini qo'shimcha qilib aytdi.