Bill Geyts deyarli barcha boyligini xayriyaga sarflamoqchi

Microsoft asoschisi o‘z boyligining deyarli barchasini Geyts fondiga o’tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u o‘z Twitter sahifasida maʼlum qilgan.
“Kelajakka qarab, men boyligimning deyarli barchasini fondga berishni rejalashtirganman. Men pastga tushaman (eng boy odamlar ro'yxatida) va oxir-oqibat dunyodagi eng boy odamlar ro'yxatini tark etaman”, deya qayd etgan u.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, yaqin oylar ichida u Gates Foundation fondiga 20 milliard dollar o’tkazgan.
Shuningdek, Bloomberg Billionaires Index ma'lumotlariga ko'ra, Geytsning boyligi 113,7 milliard dollarni tashkil etgan.






