Bill Geyts insoniyatni COVID-19 dan ham xavfliroq pandemiya kutishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

Koronavirusning omikron va delta variantlari eng yuqimli viruslar qatoriga kirgan boʻlsa-da, dunyo oʻlim yoki ogʻir kasalliklarning ancha yuqori koʻrsatkichlarini keltirib chiqaradigan patogenga duch kelishi mumkin, deya ta'kidladi milliarder.
U Wellcome Trust bilan Epidemiyaga tayyorgarlik innovatsiyalari koalitsiyasiga (CEPI) 300 million dollar xayriya qilmoqchi. Shu bilan birga, milliarder kambag'al mamlakatlarga koronavirus dori-darmonlarini olishda yordam berish uchun COVAX dasturini ishlab chiqdi va hozirda yangi vaksinalarni ishlab chiqish vaqtini 100 kungacha qisqartirish loyihasi uchun 3,5 milliard dollar yig'moqda.
Geytsning so'zlariga ko'ra, global ustuvorliklar "g'alati" bo'lib chiqdi, aynan xayriyachilar va boy hukumatlar vakssinalarga kirishda tengsizlik muammosini hal qilishlari kerak edi.






