Bill Geyts: Kripto va NFTlarning barchasi soxta!

Bill Geytsni kriptovalyutalar va NFT muxlislari qatoriga kiritsangiz katta xato qilgan bo’lasiz.
Raqamli aktivlarning ushbu tendensiyalari "100% aldovchi nazariyaga asoslangan", dedi Microsoft asoschisi seshanba kuni TechCrunch konferensiyasida.
U Bored Apes NFTlarni masxara qilib, "maymunlarning qimmat raqamli tasvirlari" "dunyoga juda yaxshi foyda keltiradi" deb kinoya qildi.
Buning o'rniga Geyts eski uslubdagi investitsiyalarni afzal ko'rishini ta’kidladi.
“Men mahsulot ishlab chiqaradigan ferma yoki kompaniya kabi aktivlar bor sohalarga odatlanganman”, dedi u.
Ma'lumot uchun, Bitkoin 2021-yilning noyabr oyida 69 000 dollarni tashkil qilib, rekord darajaga yetgan edi. O‘shandan beri dunyodagi eng qimmat kriptovalyuta o‘z qiymatining uchdan ikki qismini yo‘qotdi va seshanba kuni 23 000 dollardan ham pastroqqa tushdi. Juma kunidan buyon u o'z qiymatining taxminan 25% ni yo'qotdi.






