Bill Geyts oilasi o‘z boyliklarini bo‘lishishga kirishdi

Microsoft asoschisi Bill Geyts tomonidan yaratilgan Cascade Investment jamg‘armasi, uning xotini Melinda Geyts foydasiga $1,8 milliarddan ortiq qimmatli qog‘ozlarni topshirdi, bu haqida Bloomberg xabar bermoqda.

 

Ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda Cascade jamg‘armasi 50 milliard dollardan ortiq qimmatli qog‘ozlarga ega, jumladan Republic Services, Deere & Co. va Ecolab dagi foizlari bilan.

 

"Geyts fondi, nafaqat uning aktivlari va grantlar berish nuqtayi nazaridan, balki umumiy nufuz jihatidan ham dunyodagi eng muhim xayriya tashkiloti hisoblanadi.

 

 Bill va Melinda esa, juda kata ta’sirga ega jamoat arboblaridir "  dedi nodavlat notijorat tashkilotlari va hayriya shahar instituti markazining katta ilmiy xodimi, Benjamin Soskis. Aktsiyalarning tezkor ravishda Melinda nomiga o‘tkazilishi, umumiy boylik qanday ajratilishi haqida qaror qabul qilinganidan belgi bo‘lishi mumkin. 

 

Geytslar oilasi, oila mulki umumiy hisoblanadigan Vashingtonda yashaydilar. Bu shuni anglatadiki, nikoh paytida sotib olingan har qanday narsa har ikkala hamkorga ham tegishli deb hisoblanadi. Biroq bu ularning holati teng ravishda ajratilishini anglatmaydi. 

 

27 yildan ortiq birga yashagan Geytslar oilasi, Vashington shtatidagi yana bir milliarderlar juftligi Jeff Bezos va Makkenzi Skot tomonidan, 2019-yilda ajrashish e’lon qilingandan ikki yil o‘tib sodir bo‘ldi. Bu ajralish natijasida tomonlar umumiy oilaviy boylikni 75% - 25% tarzida bo‘lib olishdi.

 

 Avvalroq, Melinda ajralish paytida alimentni rad etgani haqida xabar berilgan edi. Mulkiy masalalar ilgari alohida yashash shartnomasi bilan tartibga solingan.