BioNTech va Pfizer yangi vaksinalar ustida ishlamoqda

Germaniyaning BioNTech kompaniyasi AQSHning Pfizer firmasi bilan COVID-19ning yangi variantlariga qarshi vaksina sinovlarini boshlashini maʼlum qildi.
Ma’lum qilinishicha, klinik sinovlar shu oyning o‘zida boshlanadi. Gap koronavirusning “omikron” shtammi BA.4 va BA.5 variantlari haqida bormoqda. Agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, vaksina ishlab chiqarish oktabr oyida boshlanadi.
Ammo unga tegishli litsenziya olinishi talab etiladi. Kompaniyalarning bahorda BA.1variantiga qarshi chiqargan vaksinalari Amerika va Yevropa tartibga soluvchi organlari tomonidan maʼqullanmagan edi.






