Bir qancha mahalliy va xalqaro parvozlar jadvaliga oʼzgarishlar kiritildi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Аndijon — Samarqand — Аndijon” yoʼnalishi boʼyicha HY049/HY050 reyslari noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilinganini maʼlum qildi.
Shuningdek, “Buxoro — Namangan — Buxoro” yoʼnalishi boʼyicha HY73/74 reyslari ham noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilingan.
HY091/HY092 “Toshkent — Аndijon — Toshkent” reysi esa oʼzgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Toshkentdan uchish mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da amalga oshiriladi, Аndijon aeroportiga yetib kelish soat 14:00. Qaytish reysi mahalliy vaqt bilan soat 16:20 ga belgilangan.
Bundan tashqari, “Uzbekistan Airways” HY9605 “Samarqand — Moskva”, HY639 “Samarqand — Sankt-Peterburg” yoʼnalishidagi reyslarni ob-havo sharoiti tufayli soat 15:00 ga qoldirdi.
Shuningdek, “Flydubai” aviakompaniyasining “Samarqand — Dubay” yoʼnalishi boʼyicha FZ770 reysi soat 19:00 ga koʼchirildi.
Kompaniya xabariga koʼra, hozirda Samarqand aeroportida uchish-qoʼnish yoʼlagini tozalash ishlari munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish/joʼnatish boʼyicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.






